So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

22 dek 07:00
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze rasman lavozimini tark etdi va shunday dedi: "Paxtakor"dan ketyapman, lekin jamoa muxlisi bo'lib qolaman"

"Paxtakor"ning gruziyalik murabbiyi SHota Arveladze o'zining "Instagram"dagi sahifasida klubdan ketganini malum qildi.

Qo'yilgan postda shunday deyiladi: "Uch yil o'tdi. Bugun men "Paxtakor" bosh murabbiyligidan ketdim. O'tkazilgan ajoyib, muvaffaqiyatli, chiroyli va qiziqarli 3 yil o'tdi. Muxlislarga, jamoaga, futbolchilarga, boshqa bizni qo'llab-quvvatlab kelgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bobur SHodiev, Ulug'bek Muhamedov, Dmitriy Adisman va "Paxtakor"ga jamoani boshqarish imkoniyatini taqdim etishgani uchun alohida tashakkur aytaman. Jamoaga yoshlarni jalb etishga intildik, o'yin uslubini o'zgartirdik. Klubga kelajakda ham muvaffaqiyatli odimini davom ettirishini va doimo kuchli bo'lib qolishini tilayman. Men endi jamoa bosh murabbiyi emasman, lekin doimo "Paxtakor" muxlisi bo'lib qolaman. Faoliyatimdagi ushbu sahifa menga katta tajriba berdi va O'zbekistondagi hayotim ajoyib tarzda o'tdi. Biz juda zo'r jamoa bo'ldik va men buni hech qachon unutmayman", deb yozadi xayrlashuv maktubini Arveladze.

SHu o'rinda saytimiz orqali SHota Arveladzeni "Paxtakor"dan ketayotgani haqida kecha xabar bergandik. "Championat.asia" malumotlariga ko'ra, SHota Arveladzening oldida Osiyo va Evropadan qator takliflar mavjud. Xususan Xitoy, Qatar, BAA va Turkiya klublari Arveladzening xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Gruziyalik mutaxassis aynan qaysi jamoa taklifini ko'rib chiqishi va kimning foydasiga qaror chiqarishi nomalum.

"Paxtakor"dan ketishi esa mazkur takliflar tufayli yuz kelmaganligi aytilmoqda. Zero Arveladzening oldida doimo takliflar bo'lgan va gruziyalik mutaxassis har gal "Paxtakor"da qolishni afzal bilgandi.

SHota Arveladze "Paxtakor"ga yozgan maktubida aynan nima uchun jamoada qolmagani haqida to'xtalmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing