So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

14 sen 15:06
Yangiliklar

Boshqalar

SHovotlik yozgi biatlonchilar tengsiz + FOTO

Teglar :  Yozgi biatlonXorazm
Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislar bo'yicha tayyorlash markazining o'quv-mashq maydonida yozgi biatlon bo'yicha viloyat chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan uyushtirilgan musobaqada sportchilar yozgi biatlon dasturiga binoan yugurish va merganlik mahoratini namoyish etishdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra, chempionat shohsupasi quyidagicha ko'rinish oldi: 

Qizlar. 1-o'rin. Zuhra Ro'zimova (SHovot tumani O'STK). 2-o'rin. Gulnora Abdullaeva (SHovot tumani O'STK). 3-o'rin. Mehriniso Otajonova (Urganch shahar O'STK). 

O'g'il bolalar. 1-o'rin. Mirfozil Yoqubboev (SHovot tumani O'STK). 2-o'rin. Sarvarbek Yaqubov (Urganch shahar ASTMUK). 3-o'rin.Isroil Saparboev (Bog'ot tumani O'STK).

Umumjamoa hisobida SHovot tumani o'quv sport texnika klubi yozgi biatlonchilari zafar quchishdi. Urganch shahar avtomobil sport texnika maktabi unitar korxonasi jamoasi ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rindan Bog'ot tumani o'quv sport texnika klubi vakillari joy olishdi.

CHempionaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor sportchilar hamda jamoalar musobaqa tashkilotchisi - Xorazm VTAST markazi tomonidan taqdirlandilar.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing