So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

28 iyu 07:52
Yangiliklar

Gimnastika, Tennis, Dzyudo, Engil atletika, Suv sporti turlari

Yozgi Universiada yakunlandi. Tarixni yangilagan o'zbek sportchilari medallar jamg'arish bo'yicha nechanchi o'rinni egallashdi? (Barcha malumotlar)

16-27 iyul kunlari Germaniya davlati talaba-sportchilarning Butunjahon yozgi Universiada o'yinlariga mezbonlik qildi.

Mazkur katta sport festivalida dunyoning 113 davlatidan 18 ta sport turi bo'yicha jami 5 100 nafardan ziyod talaba-sportchi 234 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi. Ushbu kompleks musobaqa Germaniyaning Boxum, Duysburg, Essen, Myulxaym-an-der-Rur, Xagen va Berlin shaharlarida o'tkazildi.

O'zbekiston sport delegaciyasi yozgi Universiadada 11 ta sport turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, engil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo WT va tennis bo'yicha 18 ta oliy talim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchidan iborat tarkib bilan ishtirok etdi.

O'zbekiston sport delegaciyasi musobaqa yakunlariga ko'ra 5 ta sport turi bo'yicha (suzish, badiiy gimnastika, engil atletika, taekvondo WT, dzyudo) 4 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza, jami 15 ta medal qo'lga kiritdi. 

Ushbu natija bilan O'zbekiston sport delegaciyasi 113 davlat orasida umumjamoa hisobida 13-o'rinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o'rinni egallaladi. Yaponiya 34 ta oltin, 21 ta kumush, 24 ta bronza medali bilan birinchi o'rindan joy oldi. Xitoy 30 ta oltin, 27 ta kumush, 17 ta bronza medali bilan 2-pog'onani band etgan bo'lsa, uzoq vaqt peshqadam bo'lib kelgan AQSH yakunda 28 ta oltin, 27 ta kumush, 29 ta bronza, jami 84 ta medal bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Medallar soni bo'yicha aynan amerikaliklar tengsiz bo'lishdi. 

Kuchli o'ntalikdan Koreya Respublikasi, Italiya, Germaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Turkiya, Xitoy Taypeyi va Polsha terma jamoalari joy olishdi. Qo'shnilarimiz Qozog'iston 37, Qirg'iz Republikasi 38-o'rinni band etishdi. SHu bilan birga, O'zbekiston Universiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Malumot uchun, 2013 yil Rossiyaning Qozon shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi tomonidan jami 19 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza) qo'lga kiritilib, yakunda umumjamoa hisobida 24-o'rinni egallagandik. 

2019 yil Napoli (Italiya) shahrida bo'lib o'tgan Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida esa O'zbekiston sport delegaciyasi tomonidan jami 8 ta medal (2 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza) qo'lga kiritilib, umumjamoa hisobida 19-o'rindan joy olgandik. 

SHuningdek, Universiadalar tarixida ilk bor suzish, badiiy gimnastika va engil atletika sport turlaridan medallar qo'lga kiritildi. Kecha musobaqaning so'nggi kuni engil atletika bo'yicha terma jamoamiz azosi SHarifa Davronova uch xatlab sakrash dasturida o'zining shaxsiy rekordini (14.30 m) yangilab, 14.33 m natija bilan O'zbekiston uchun to'rtinchi oltin medalni qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing