So’nggi yangiliklar

11:01Жаҳон кубоги. Кеча жанг қилган уч боксчимиздан икки нафарида ғалаба 0 10:40Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади 0 10:19Мадияр Саидраҳимов IBA.Pro 7 турнирида озарбайжонлик рақиби устидан ғалаба қозонди 0 09:58Пойтахтимиз мезбонлигидаги стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ниҳоясига етди 0 09:37"Ҳаваскордек жанг қилди". Пимблетт Оливейрани танқид қилди 0 09:16“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи 0 08:53"Топурия ва Царукян бой оиладан чиққан" - Даниэль Кормье 0 08:29Байдарка ва каноэчиларимиз Болгарияга жўнаб кетди 0 08:02Хейни иштирокидаги чемпионлик жанги ноябрь ойида бўлади 0 07:30Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда 0 19:01ФИДЕ тарихидаги илк рейтинг рўйхати қандай бўлганини биласизми? 0 18:39Рой Жонс – Емельяненко билан жанг ҳақида: "Пул бўлса, муаммо йўқ" 0 18:17Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари 0 17:53Россиялик Олимпиада совриндори допинг туфайли дисквалификацияга дучор бўлди 0 17:25FIDE рейтинги. Магнус Карлсен етакчи, Абдусатторов пастлади, Рамешбабу Тошкентдаги турнирдан сўнг кўтарилди 0

09 may 12:25
Yangiliklar

Voleybol

Sohil voleyboli: hamyurtlarimizning xalqaro maydondagi debyuti qanday chiqmoqda?

Teglar :  Sohil voleyboli
Aprel oyida Navoiy viloyatida ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi, xizmat ko'rsatgan sportchi Vera Duyunova xotirasiga bag'ishlab U-17 qizlar o'rtasida xalqaro turnir yuqori saviyada o'tkazildi.

Mazkur turnir doirasida mamlakatimizda sohil voleybolini rivojlantirish maqsadida xalqaro seminar ham tashkil etildi.

Ko'rilgan amaliy harakatlar natijasida qisqa muddatda sohil voleyboli bo'yicha terma jamoa shakllantirildi. SHu kunlarda ular o'zlarining dastlabki xalqaro musobaqasida ishtirok etishmoqda.

7-9 may kunlari Olma-Ota shahrida qozog'istonlik taniqli shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, qolaversa davlat va jamoat arbobi Oljas Suleymanov tavalludining 85 yilligiga bag'ishlab havaskorlar va professionallar o'rtasida xalqaro turnir tashkil etildi. Unda o'zbekistonlik voleybolchilar ham o'z omadini sinab ko'rishyapti.

Musobaqa uchta yo'nalishda, yani 2x2 (erkaklar va ayollar), 4x4 (erkaklar va ayollar) hamda faxriylar (+40 yosh va +50 yosh) o'rtasida tashkil etildi.

2x2 yo'nalishida vatanimiz sharafini ikkita jamoa himoya qildi. Agar O'zbekiston-2 jamoasi bittadan g'alaba, durang va mag'lubiyat bilan o'z ishtirokini ancha erta yakunlagan bo'lsa, O'zbekiston-1 jamoasi esa yarim finalgacha etib bordi va bo'lg'usi chempionlarga imkoniyatni boy berdi.

4x4 yo'nalishidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoamiz esa finalga yo'l oldi va ular ertaga oltin medal uchun qum ustiga chiqadi.

SHuningdek, ertaga faxriylar o'rtasida ham musobaqa tashkil etiladi. Ushbu yo'nalishda ham o'zbekistonlik sportchilar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.

Bo'lajak o'yinlarda vakillarimizga omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing