03 iyu 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

"Havaskordek jang qildi". Pimblett Oliveyrani tanqid qildi
UFC jangchisi Peddi Pimblett Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang haqida o'z fikrini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu to'qnashuv 29 iyun kuni UFC 317 turnirida o'tkazilgan va birinchi raundda Topuriyaning nokauti bilan yakunlangan edi.
"Menga CHarlz yoqadi, lekin u jang rejasini amalga oshirish uchun ahmoqlik qildi. U rostdan ham Topuriya oldida "stoyka"da turib, u bilan jang qilmoqchimidi? Oliveyra qattiq xato qildi. Topuriya oliy darajadagi bokschi — nega u bilan oktagon markazida urushish kerak? CHarlzning axmoqligi meni hayron qoldirdi. Bu uning 47-professional jangi, lekin u jangga havaskor kabi chiqdi", — dedi Pimblett.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar