03 iyu 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Madiyar Saidrahimov IBA.Pro 7 turnirida ozarbayjonlik raqibi ustidan g'alaba qozondi
Kecha Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo'yicha IBA.Pro 7 musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Madiyar Saidrahimov ham ringga ko'tarildi.
27 yashar hamyurtimizga Ozarbayjon vakili Ahmad Mustafaev raqiblik qildi.
6 raundlik jang yakuniga ko'ra, bellashuvda Saidrahimov ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi.
Madiyar Saidrahimov bungacha prof faoliyati davomida 2017 yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bitta jang o'tkazib, g'alabaga erishgandi. Ahmad Mustafaev uchun esa bu bahs prof ringdagi debyutga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar