03 iyu 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon kubogi. Kecha jang qilgan uch bokschimizdan ikki nafarida g'alaba
Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogi hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda.
Ortda qolgan kun O'zbekiston ayollar terma jamoasining 3 nafar vakili ringga ko'tarilib, ularning 2 tasi g'alaba qozondi.
-48 kg: Farzona Fozilova — Nazim Kizaibay (Qozog'iston) 0:5
-51 kg: Sabina Boboqulova — Martina Vassallo (Italiya) 5:0
-65 kg: Navbahor Hamidova — Angelsen Madeleiene (Norvegiya) 5:0
Bugun hamyurtlarimizdan Feruza Kazakova bahs olib boradi. Bokschimizga Xitoy Taipeyi vakili raqiblik qiladi.
-54 kg: Feruza Kazakova — Hsiao-Ven Huang (Xitoy Taipeyi).
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar