So’nggi yangiliklar

10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0

02 iyu 18:17
Yangiliklar

Futbol

Zeytullaev, Aliboev, Yo'ldoshev va Jiyanov - Superligada 14-turning eng yaxshilari

Teglar :  Superliga
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 14-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi darvozaboni – SHukron Yo'ldoshev ("Navbahor")

"Navbahor" bu tur o'z maydonida "Mashal"ni qabul qilib, 6:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlar posboni Yo'ldoshevning o'rni katta. U uchrashuv mobaynida, bir qator vaziyatlarda jamoasini gollardan asrab qoldi. SHunday qilib, SHukron Yo'ldoshev Championat.asia talqinida 14-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda neytral maydonda "So'g'diyona"ni irodali tarzda mag'lub etdi - 3:2. Uchrashuv davomida Jizzax klubi 2:0 hisobida oldinda edi, biroq "qaldirg'ochlar" ustozi zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilari yordamida kambek amalga oshirishdi. SHu tariqa, Ilyos Zeytullaev Championat.asia talqiniga ko'ra ketma-ket ikkinchi bor turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi futbolchisi – Ruslanbek Jiyanov ("Navbahor")

"Navbahor" bu tur "Mashal"ni yirik hisobda (6:0) taslim qilishida Ruslanbek Jiyanov katta rol o'ynadi. Futbolchi gol urishdan tashqari uchta golli uzatmani amalga oshirdi. "Lochinlar" qanot futbolchisi kuchli raqobatda Championat.asia talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning eng chiroyli goli muallifi – Ikrom Aliboev ("Neftchi")

"Neftchi" bu turda Navoiyda "Qizilqum" maydonida durang o'ynadi - 1:1. Bahsning 68-daqiqasida farg'onaliklar yarim himoyachisi Ikrom Aliboev uzoq masofadan kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi va supergol muallifiga aylandi. SHunday qilib, Aliboev Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing