So’nggi yangiliklar

19:04Синнер 12 000 рейтинг очкоси жамғарган бешинчи теннисчи бўлди 0 18:43Эксперт — Махачев бир ҳолатдагина Топурия билан жанг қилади 0 18:22Шакил О'Нил Майк Тайсон билан учрашди + ФОТО 0 18:01Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди 0 17:40Жангига 5 кун қолган 46 ёшли Мэнни Пакьяо айни пайтдаги актуал формасини кўрсатди + ФОТО 0 17:19Жанги бекор қилинган Мовсар Евлоев UFC рейтингида 1-ўринга кўтарилиб олди 0 16:58Ўзбекистонлик ММА жангчиси АҚШ визасини олди ва кейинги жанги нуфузли Лигада бўлишини эълон қилди 0 16:37"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи 0 16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0

30 noy 20:17
Yangiliklar

Boshqalar

Sport jurnalistikasidagi kamchilik va muammolar muhokama qilindi

Teglar :  Sport jurnalistlari
Bugun MOQ majlislar zalida “Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning OAVda yoritilishi: bugungi kun holati va istiqbollari” mavzusida yig'ilish o'tkazildi.

Unda spiker sifatida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Olim O'sarov, Uyushma qoshidagi O'zbekiston sport jurnalistlari kengashi rahbari, taniqli jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaev, MOQ raisi matbuot kotibi, axborot-siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Zafar Imomxo'jaev, “Sport” telekanali direktori Zohid Karimov, saytimiz nomidan Kamoliddin Alimov, shuningdek, yurtimizda mazkur yo'nalishda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar, sport federaciyalari matbuot kotiblari ishtirok etishdi.



Yig'ilish avvalida Oybek Kasimov mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, uchrashuvning ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.

“Sport jurnalistlarini bir platformada yig'ib, mana shunday tadbir o'tkazilishi juda muhim voqelik hisoblanadi. Bu oldimizda turgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularga birgalikda echim topishda biz uchun foydali. OAV xodimlarining yirik sport musobaqalarini delegaciyamiz bilan birga yoritib borishi juda muhim. Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz tarkibida 4 nafar jurnalist ishtirok etgan bo'lsa, Tokio-2020 Olimpiadasida 10 nafar OAV vakillari bilan ishladik. Umid qilamizki, kelajakda bu boradagi hamkorliklarimiz yanada ortib, yirik kompleks musobaqalarni yoritishda katta tarkibda ishtirok etamiz”, – dedi Oybek Kasimov.



Uchrashuv davomida Olim O'sarov, Mirzahakim To'xtamirzaev, Zohid Karimov, Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati vakili Otabek Eshmamatov, sport jurnalisti Kamoliddin Alimov sohadagi kamchilik va muammolar bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi. SHuningdek, MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev yirik sport musobaqalarida OAVni akkreditaciyadan o'tkazishdagi mezonlar bo'yicha malumot berdi.



Tadbir davomida kengash faoliyatini tiklash, uni Xalqaro sport jurnalistlari associaciyasiga azo qilish, bu orqali yirik kompleks musobaqalarda o'zbekistonlik jurnalistlar uchun akkreditaciyadan o'tish jarayonida qulayliklar va qo'shimcha imkoniyatlar yaratish bo'yicha takliflar ilgari surildi. Qolaversa, joriy yil yakunida, dekabr oyining uchinchi 10 kunligida kengashning tasis yig'ilishini o'tkazish, unga yangi rahbariyat saylash bo'yicha kelishib olindi.


Qiziqarli mulohazalarga boy o'tgan yig'ilishda musobaqalarni yoritishda xususiy sektor hissasini oshirish, sport atamalari lug'atini shakllantirish bo'yicha qizg'in munozara o'tkazildi.


Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing