15 iyu 16:20
Yangiliklar
Taekvondo

"Koreya Open": Taekvondochilar ilk kunda 2 ta medal qo'lga kiritishdi
Xabar berganimizdek, bugun Koreya Respublikasining CHuncheon shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida G2 klassifikaciyasidagi "2025 CHuncheon Koreya Open" xalqaro turniri start oldi.
Musobaqaning ilk kunida erkaklar 54 kg, 58 kg, 80 kg va +87 kg, ayollar esa 46 kg, 53 kg, 62 kg hamda 67 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi. Unda terma jamoamizning jami 7 nafar azosi dayangga ko'tarildi. Yakunda 54 kg vazn toifasidagi Jahongir Xudoyberdiev kumush, ayollar o'rtasida 62 kg vaznli Sevinch Hayitova esa bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Kumush:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg).
Bronza:
Sevinch Hayitova (62 kg).
Bellashuvlar ertaga davom ettiriladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar