15 iyu 19:04
Yangiliklar
Tennis

Sinner 12 000 reyting ochkosi jamg'argan beshinchi tennischi bo'ldi
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner ikki kun oldin Londonda yakunlangan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri chempioniga aylangandi.
Italiyalik tennischi qo'lga kiritilgan 2000 reyting ochkosi evaziga reyting ballarini 12 000 tadan oshirib olishga muvaffaq bo'ldi. Bu bilan italiyalik raketka ustasi ATP-turda 12 000 va undan ko'p reyting ochkosiga ega tarixdagi beshinchi tennischiga aylandi. Ayni paytda Yannik hisobida 12 030 reyting ochkosi bor.
Uning eng yaqin taqibchisi ispaniyalik Karlos Alkaras peshqadamdan 3000 ochkodan sal ko'proq (ispaniyalik hisobida 8600 ball bor) ortda qolmoqda. Yannik Sinnergacha 12 000 lik dovonni shveycariyalik Rojer Federer, serbiyalik Novak Jokovich, ispaniyalik Rafael Nadal va britaniyalik Endi Marrey zabt etgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar