15 iyu 18:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Ekspert - Maxachev bir holatdagina Topuriya bilan jang qiladi
Sobiq UFC jangchisi CHeyl Sonnen engil vaznning amaldagi chempioni Iliya Topuriya hamda sobiq chempion Islam Maxachev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men Islamning engil vazn toifasiga qaytish g'oyasiga ishonmayman. Maxachevning yarimo'rta vaznda muvaffaqiyat qozonib ketishiga ham ko'zim etmaydi. Islam o'z faoliyatida duch kelgan eng katta qiyinchilik — bu tarozida 70 kilogramm vaznda turish bo'lgan.
SHu bilan birga, ishonchim komilki, agar Islam yarimo'rta vazn toifasida muvaffaqiyat qozonsa, Topuriyaga qarshi jang haqidagi orzular yana ortga suriladi. Katta ehtimol bilan agar Islam yarimo'rta vaznda yutqazsagina, bu jang amalga oshadi", dedi Sonnen.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar