So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

28 sen 10:20
Yangiliklar

Boshqalar

“Sport - nafislik va salomatlik manbai” sport festivali yakunlandi

Teglar :  Ayollar sporti
Joriy yil 26-27-sentyabr kunlari Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” sport festivalining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamizdagi barcha tuman va shaharlardagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko'rsatayotgan faol xotin-qizlar stritbol, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlaridan o'zaro kuch sinashdilar.

Mazkur musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF—87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dasturi ijrosini taminlash maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Uch bosqichda o'tkazilgan ushbu turnirda yurtimiz bo'ylab 11 000 dan ziyod mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar g'oliblik uchun kurash olib bordilar. “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida o'tkazilgan sport festivalining yakuniy natijalari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:


SHaxmat:

1. Ochilova SHaxnoza (Buxoro);

2. Arziqulova Maftuna (Samarqand);

3. Joniqulova Maftuna (Surxondaryo).


SHashka:

1. Bozorova Nigina (Buxoro);

2. Eshmadatova Lobar (Qashqadaryo);

3. Astaraqulova Naiba (Sirdaryo).


Stol tennisi:

1. Kuryazova SHahlo (Xorazm);

2. Agzamova Marhabo (Toshkent vil.);

3. Hamdamova Gulshan (Sirdaryo).


Stritbol:

1. Buxoro viloyati;

2. Toshkent viloyati;

3. Toshkent shahri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing