27 avg 16:16
Yangiliklar
Futbol

Mourinyu "Fenerbaxche" rahbariyatini tanqid qildi
Joze Mourinyuga "Fenerbaxche" transfer oynasida faol bo'lmagani yoqmadi.
"Agar CHempionlar ligasi mening klubim uchun juda muhim bo'lganida, u bizning "Feyenoord" va "Benfika" bilan o'yinlarimiz orasida biror narsa qilgan bo'lardi. Biz "Benfika" bilan "Feyenoord"ga qarshi bahsdagi tarkib bilan o'ynaymiz.
Fikrimcha, klub bu o'yinlar oldidan jamoani kuchaytirmadi", – dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Sport TV efirida.
Eslatib o'tamiz, Turkiyada kechgan "Fenerbaxche" - "Benfika" bahsida hisob ochilmagan edi. Bugun tunda ushbu jamoalar o'rtasida javob o'yini bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : beIN Sports
Fikrlar