27 avg 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"CHimaevni mag'lub etadigan kimnidir ko'rmayapman" - UFC sobiq chempioni
Drikus dyu Plessiga qarshi jangda Xamzat CHimaevning imkoniyatlarini ko'rgan sobiq UFC chempioni SHon O’Mellining fikricha, o'rta vaznda Xamzatni taxtdan ag'darishga qodir jangchi yo'q.
"Men Xamzatni engadigan hech kimni ko'rmayapman. Rostini aytsam, hech kim Dyu Plessi kabi uzoq vaqtgacha qarshi turib berishga qodir emas. Drikusning jangda omon qolgani o'ziga xos taassurotli holat. Xamzat — finishchi, u qotil. Lekin men uning kelajakda juda qiziqarli janglar o'tkazishini kutmayapman. Ha, ular katta janglar bo'ladi, chunki u yulduz. U super yulduz, tamoshabop jangchi. Lekin savol shu: bu yigitga umuman kimni raqib qilib berish mumkin?", — dedi amerikalik sportchi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar