27 avg 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Paulo Kosta: "CHimaev dyu Plessi bilan jang qilishdan qo'rqdi"
Paulo Kosta Xamzat CHimaevning Drikus dyu Plessiga qarshi jangdagi harakatlarini tanqid qildi.
"Dyu Plessi kuchli yigit, CHimaev bundan xabardor edi. SHuning uchun uni uzoq vaqt ushlab turdi, hatto beshinchi raundda ham Drikus xavfli edi. CHimaev esa u bilan tik holatda jang qilishdan qo'rqardi", — dedi UFC jangchisi Paulo Kosta.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev UFC 319 turnirida Drikus dyu Plessini mag'lubiyatga uchratib, chempionlikni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : MMA Today
Fikrlar