So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

06 sen 14:13
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportchilar oilasi: yangi o'quv yili, yangi rejalar va hayajonli onlarning boshlanishi!

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi o'quv yilining boshlanishi hamda talabalikka tavsiya etilgan barcha talaba-yoshlarni qutlashga bag'ishlangan tanatanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda bir qator faxrli mehmonlar, universitet professor-o'qituvchilari va rahbar xodimlar, xalqaro musobaqalar sovrindorlari, O'zbekiston va jahon chempionlari, talabalar hamda ularning ota-onalari qatnashdi. 

Tadbir universitet rektori, professor M.Boltabaevning kirish so'zi bilan boshlandi. Oliygoh rahbari, avvalo, tadbir ishtirokchilarini mustaqilligimizning 31 yilligi bilan chin dildan muborakbod etdi va talabalik baxtiga musharraf bo'lgan barcha talaba-yoshlarning sportchilar oilasiga qo'shilganliklari bilan tabrikladi. SHuningdek, faxrli mehmonlar, ota-onalar va yoshi ulug' ustoz-murabbiylar ham o'zlarining samimiy tilaklarini bildirib o'tishdi.

Tadbir so'ngida esa talabalarga universitet rahbariyati tanishtirilib o'tildi va yangi o'quv yilidagi ilk dars mashg'ulotlarining boshlanishiga ruxsat berildi.

Malumot uchun, 2022-2023 o'quv yilida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga jami 1750 nafar talaba, shundan 1350 nafari kunduzgi talim shakliga, 400 nafari sirtqi talim shakliga qabul qilindi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing