So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

01 fev 09:52
Yangiliklar

Voleybol

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Qorao'zaklik voleybolchilar Qoraqalpog'istonda tengsiz

Teglar :  Qoraqalpog'iston
“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Qorao'zaklik voleybolchilar Qoraqalpog'istonda tengsiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-son Farmon ijrosini taminlash, aholini keng sportga jalb etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida Respublika ommaviy musobaqasi o'tkazilmoqda. Qoraqalpog'istonda ham musobaqaning yanvar oyligi yakunlandi.

Rejaga ko'ra, ushbu hududda voleybol bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi. 1 oy davom etgan hududiy bosqich bellashuvlarida 160 nafar havaskor voleybolchilar 16 ta jamoaga bo'lingan holda bahs olib borishdi. Final bellashuvlari 30-31 yanvar kunlari Nukus shahridagi 1-BO'SMda tashkil etildi. Saralash bosqichlarida barcha raqiblarini dog'da qoldirgan Qorao'zak va SHumanay tumani vakillari g'oliblik uchun maydonga chiqishdi. Qiziqarli va shiddatli o'tgan final bellashuvi qorao'zaklik voleybolchilar foydasiga hal bo'ldi. Uchinchi o'rin esa Taxiatosh tumani jamoasiga nasib etdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimi ham ko'tarinki ruhda o'tib, unda MOQ, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zLiDep, Yoshlar agentligi, Milliy gvardiya qo'mondonligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Endi qoraqalpoqlik yoshlar fevral oyida stol tennisi bo'yicha o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing