So’nggi yangiliklar

12:55Иан Гарри Билол Муҳаммад билан жанг қилиш истагида 0 12:28"Мен унинг кўзларида қўрқув кўрдим". Илия Топурия Пимблеттнинг қўрқаётганини айтди 0 12:06“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум 0 11:42UFC шарҳловчиси ҳозирда ким энг яхши трэштокер эканлигини айтди - бу Топурия эмас 0 10:30Боб Арум Кроуфорд - Канело жанги учун тахмин билдирди 0 09:56Бугун икки боксчимиз World Boxing Кубогида рингга чиқади 0 09:35Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ 1/4 финалда! Бизни даҳшат учрашув кутмоқда + ВИДЕО 0 09:14Топурия янги вазндаги илк чемпионлик ҳимоя жангини қачон ўтказишини айтди 0 08:53"Биз нишонлаяпмиз" — Ислам Махачев Топуриянинг ғалабасини хачапури ва груз тархуни билан нишонлади + ФОТО 0 08:32Чарльз Оливейра кечаги даҳшатли нокаутдан кейин илк бор интервью берди 0 19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0

12 okt 16:41
Yangiliklar

Boshqalar

TAYINLOV: Karimov Avazjon Qudratillaevich Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari etib tayinlandi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabduraxmonov, vazirlik hamda sport federaciya va associaciyalari rahbariyati, sport talim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishga raislik qilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduhakimov so'nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida takidladi. SHu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish zarurligiga urg'u qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy o'zgarish yuz berganligini malum qildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori bilan Karimov Avazjon Qudratillaevich jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari etib tayinlandi.

Avaz Qudratillaevich Karimov – 1983 yil 19 mayda Toshkent shahrida tug'ilgan. Malumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda O'zbekiston karate milliy federaciyasi raisining o'rinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011 yillarda O'zbekiston karate milliy federaciyasi Toshkent shahar bo'limi raisi, 2011 yildan O'zbekiston badminton federaciyasi raisining o'rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015 yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori o'rinbosari, so'ngra ot sporti bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i, 2017-2019 yillarda CHirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019 yil 6 sentyabrdan hozirga qadar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi A.Karimovni masuliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan muborakbod etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing