28 mar 17:02
Yangiliklar
Boshqalar

CHim ustida xokkey terma jamoamizga Belarusdan murabbiy olib kelindi
Kecha Sport vaziri o'rinbosari, O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi raisi Avaz Karimov hamda Belarusdan taklif etilgan murabbiy Pavel Gabrinevskiy ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Federaciya rahbariyati ishtirok etgan yig'ilish davomida chet ellik murabbiyning yurtimizda mazkur sport turini yanada rivojlantirish, sportchilarni musobaqa jarayonlariga puxta tayyorlab, Los-Anjeles-2028 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma qo'lga kiritish strategiyasi bilan tanishildi.
Uchrashuvdan so'ng, xorijlik murabbiy Andijon viloyatida chim ustida xokkey sporti holati va sportchilar bilan tanishish maqsadida viloyatga jo'nab ketdi.
Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar