So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

17 fev 07:51
Yangiliklar

Dzyudo

Teddi Riner, Krpalek, An Baul va Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida kutilayotgan boshqa yulduzlar

Dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta Dubulg'a” turniriga ham tobora yaqinlashib kelyapmiz.

Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqaga bo'lgan qiziqish ham ortib bormoqda. Butun dunyoda murakkab epidemiologik vaziyat bo'lishi qaramay, Toshkentga kelishni istayotgan delegaciyalar oz emas. Keling, hozirda Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida ishtirok etishi kutilayotgan sportchilar ro'yxatiga nazar tashlasak.

Xalqaro dzyudo federaciyasi saytining malum qilishicha, hozirgacha musobaqada ishtirok etish uchun 54 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi elektron tarzda ro'yxatdan o'tkazilgan. 

Ular orasida quyidagi nomlarni ko'rish mumkin:

Teddi Riner (Franciya) – 2 karra Olimpiada va 11 karra jahon chempioni

Rustam Orujev (Ozarbayjon) – Rio-2016 Olimpiadasi va 2 karra jahon chempionatlari finalchisi

Lukash Krpalek (CHexiya) – Rio-2016 Olimpiadasi va 2 karra jahon chempioni

Miklosh Ungvari (Vengriya) – London-2012 Olimpiadasi finalchisi, 3 karra jahon chempionati sovrindori

Eldos Smetov (Qozog'iston) – Rio-2016 kumush medal sohibi, jahon chempioni

An Baul (Janubiy Koreya) – Rio-2016 kumush medal sohibi, jahon chempioni

Tina Trstenyak (Sloveniya) – jahon va Olimpiada chempioni

Rafael Silva (Braziliya) – ikki karra jahon chempionati va Olimpiada sovrindori

SHuningdek, Avtandil Tchrikashvili (Gruziya), Ramazan Darvish (Misr), Felipe Kitadai (Braziliya), Jeng Bokyong va Dongxan Gvak (Janubiy Koreya) kabi boshqa jahon chempionati va Olimpiada sovrindori bo'lgan mashhur dzyudochilar, qolaversa, O'zbekiston terma jamoasining bir qator yulduz sportchilarini uchratish mumkin. 

Eslatib o'tamiz, murabbiylarimiz shtabi jamoamiz tarkibi borasida yakuniy ro'yxatni elon qilmagan. Musobaqa 5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi «Humo Arena» muz saroyida bo'lib o'tadi. «Katta Dubulg'a» dzyudo olamida ulkan nufuzga ega bo'lgan turnir bo'lib, yurtimizda ilk bor o'tkazilmoqda. Unda g'alaba qozongan dzyudochilar jahon va Olimpiada reytingi uchun o'z hisoblariga 1000 ochko qo'shib qo'yishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing