So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

21 fev 16:44
Yangiliklar

Dzyudo

Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida TOP-8`dan joy oldik

Uch kun davomida Isroilning Tel-Aviv shahri dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turniriga mezbonlik qildi.

Musobaqada dunyoning 60 davlatidan jami 418 nafar dzyudochi turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar azosi ham o'z imkoniyati va mahoratini sinovdan o'tkazdi. Ilk bor IJF musobaqasida ishtirok etgan yosh dzyudochilarimiz Jaloliddin Boynazarov va SHohruh Baxtiyorov uchun Tel-Aviv tatamilari katta imtixon bo'ldi. Aytish mumkinki, bu yigitlar o'zlaridan yomon taassurot qoldirishmadi. Ularning har ikkisi ham turnirda g'alaba hissini tuya olishdi va o'z hisoblariga mos ravishda 120 hamda 160 reyting ochkolarini qo'shib qo'yishdi. 

Umumiy ishtirokimizga kelsak, terma jamoamiz Isroil turnirida 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan yakunda umumjamoa hisobida 60 davlat orasida 8-o'rinni band etdi. Bu yaxshi natija. SHarofiddin Boltaboev oltin medal va 1000 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Ushbu natijasi evaziga u TOP-10 reytingga kirib oladi. -66 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov bronza medali hamda 500 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. 

Bugun O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Istanbul - Toshkent reysi bilan tungi soat 01:55da yurtimizga qaytib keladi. Endi bor etibor 5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arena saroyida o'tkaziluvchi Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikka qaratiladi. Bo'lajak musobaqada O'zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida 4 nafardan dzyudochisi bilan ishtirok etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing