So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

09 noy 07:24
Yangiliklar

Dzyudo

To'rt davlat dyuzdochilari Toshkentda osh pishirishdi FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizda dzyudo bo'yicha xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tmoqda.

Franciya, Qirg'iziston, Gruziya va Misr terma jamoalaridan tashrif buyurgan dzyudochilar ishtirokida tashkil qilinayotgan yig'in do'stona ruhda davom etmoqda.

Rejaga ko'ra, kecha dam olish kuni bo'ldi. Bundan unumli foydalangan holda O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan xalqimizga xos mehmondo'stlik urf-odatlari asosida dasturxon yozildi. Mehmonlar uchun ko'p yillik tajribaga ega oshpazimiz 10 kilogramm osh damlab berdi. 3 karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, 2 karra jahon chempioni Rishod Sobirov esa salat tayyorlashni o'z zimmasiga oldi.

Mehmonlarimiz holidan xabar olish va ularning do'stona muloqotini kuzatish uchun MOQ rahbariyati ham tadbir bo'lib o'tgan «Ichan qala» restoraniga tashrif buyurishdi. SHuningdek, osh tayyorlanishi jarayonida dzyudochilar o'zaro do'stona suhbat qurishdi. 

Uchrashuvda Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoamiz, 2019 yilgi jahon chempionatining -60 kilogramm vazn toifasidagi finalchilari SHarofiddin Lutfillaev va gruziyalik Luxumi CHxvimiami, eng og'ir vazn toifasida 2018 yilgi jahon chempioni Guram Tushishvili, -100 kg vazn toifasida dunyoning etakchi polvonlaridan misrlik Ramazan Darvish kabi taniqli dzyudochilar bilan o'tgan suhbatlar orqali ishtirokchilar tatamidan tashqari o'zaro hayotiy tajribalarini ham almashishdi.

Etiboringizga tasvirchimiz esdalik uchun muhrlagan fotosuratlarni havola qilamiz:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing