So’nggi yangiliklar

19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0

25 fev 12:05
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga bir hafta qoldi

Hisob bo'yicha yilning uchinchi IJF musobaqasi - Toshkent "Katta Dubulg'a" turniri startiga juda ham kam vaqt qoldi.

Kelasi haftaning shu kuni musobaqaga qura tashlash marosimi hamda matbuot anjumani tashkil etiladi. Har ikkala marosim ham onlayn tarzda o'tkaziladi.

Co'nggi malumotlarga tayanadigan bo'lsak, 5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arena saroyi mezbonlik qiluvchi musobaqada qatnashish uchun dunyoning 76 davlatidan jami 530 nafar dzyudochi ariza bergan. Ishtirokchilar turnir medallari bilan birga Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. Hozirgacha Toshkentga Turkiya va Franciya terma jamoalari etib kelishgan. Ertaga Misr terma jamoasining tashrifi rejalashtirilgan.   

Uch kun davomida dzyudochilar 14 ta (erkaklarda 7 ta, ayollarda 7 ta ) medallar jamlanmasi uchun bellashadilar. Musobaqa g'oliblari oltin medal va 1000 reyting ochkosiga ega bo'ladilar. Kumush medal egalari 700 ochkoni qo'lga kiritsalar, bronza medal sohiblari o'z hisoblariga 500 ochko qo'shib qo'yadilar. 

Bo'lajak musobaqada O'zbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida to'rt nafardan dzyudochi bilan ishtirok etadi. Reglamentga ko'ra, faqat musobaqa mezbonigiga bunday imkoniyatdan foydalanishi mumkin. Qolgan davlatlar esa har bir vaznga maksimum ikki nafardan dzyudochi qo'yish imkoniyatiga ega. Bugundan terma jamoamiz yopiq tarzda Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlikka kirishadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing