So’nggi yangiliklar

18:45Осиё чемпионатининг илк куни иштирок этган 8 дзюдочимизнинг бари шоҳсупага кўтарилди 0 18:24Канело — Кроуфорд оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 18:01Дана Уайт Турки аш Шайх билан қилаётган бокс лойиҳаси ҳақида гапирди 0 17:39Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди 0 17:17Менежер Биволнинг навбатдаги рақибларини айтди 0 16:51"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида қатнашмайди — манба 0 16:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг ҳақида: "Энг зўри эканимни бутун дунёга исботлайман" 0 16:01ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи 0 15:39"Магомед ҳалиям Перейрани нокаут қилиш истагида" - менежер 0 15:18"Pantera Sport Club" Қозоғистондаги турнирда умумжамоа ҳисобида 1-ўринни эгаллади 0 14:51ЖЧ-2025. Қозоғистоннинг неча боксчиси ярим финалга йўл олди? 0 14:25U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум 0 14:02"У ичиб олган". Кроуфорд — Топуриянинг уни нокаут қиламан деган гапига жавоб қайтарди 0 13:39Абдулрашид Садулаев виза билан боғлиқ муаммо сабаб бу сафарги Жаҳон чемпионатини ҳам ўтказиб юборадиган бўлди 0 13:17Царукян — Топурия ҳақида: "Агар жанг қилгиси келмаса, камарни бўшатиб қўйсин" 0

04 mar 17:36
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha Toshkent “Katta Dubulg'a” musobaqasining ikkinchi kun dasturi doirasida rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, talim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov, Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi. 

Marosimda so'zga chiqqan rasmiylar ikkinchi bor yurtimizda o'tkazilayotgan ushbu musobaqaning ahamiyati, hukumatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlayotganini alohida urg'ulashdi. 

"Malumki, Xalqaro dzyudo federacisi va O'zbekiston o'rtasida bir necha yildan beri yaqin hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan, - deya so'z boshladi O.Abdurahmonov. - Yaqin 10 yildan beri Toshkent dzyudo olamidagi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazib, xalqaro federaciya ishonchini oqlab kelmoqda. Xususan, 2022 yilning 6-13 oktyabr kunlari o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi 35-Jahon chempionatini butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Unda o'zbekistonlik dzyudochilar 2 ta oltin medalga sazovor bo'lib, yurtimiz sporti tarixida yangi solnoma ochgani bizni yanada mamnun qildi. 

Eng muhimi, shaxsan hurmatli Prezidentimiz Jahon chempionati mobaynida Davlat Bobonovning final bellashuvini tomosha qilish uchun tashrif buyurganlari, taqdirlash marosimida ishtirok etganlari, qolaversa, ushbu sportni yanada rivojlantirish bo'yicha alohida Qaror qabul qilganlari o'zbek sportida dzyudo qanchalik muhim o'rin tutishini ko'rsatmoqda. Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan Davlat Bobonov, Muzaffarbek To'raboev kabi nomlar bugungi kunda yurtimizda ulg'ayib kelayotgan yosh avlod vakillarining chinakam qahramoniga aylanib ulgurdi. Umid qilamizki, Muhtaram Yurtboshimizning qo'llab-quvvatlashi bilan yaqin yillar davomida bu kabi polvonlarimiz safi kengayib, Olimpiya o'yinlari chempionlari etishib chiqadi". 

IJF prezidenti Marius Vizer ham so'zga chiqdi:

“Aziz mehmonlar va mezbonlar, barchangizni dzyudo oilasi va o'z nomimdan tabriklashga ijozaat bergaysiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining dzyudo sportini rivojlantirish yo'lida olib borayotgan say-harakatlaridan mamnunmiz. Bilamizki, O'zbekiston boy tarixga, madaniyatga ega mamlakat. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga omad tilayman va Toshkent “Katta Dubulg'a” musobaqasini ochiq deb elon qilaman”, – dedi Marius Vizer. 

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi hamda Xalqaro dzyudo federaciyasi madhiyalari yangradi hamda final bellashuvlariga start berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing