11 sen 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue: "Ahmadalievning kuchi tashvishga solmoqda"
Yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi jangdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Umumiy kuch bo'yicha Ahmadalievdan qolishmayman, deb o'ylayman. Ammo meni uning fizikasi va kuchi tashvishga solmoqda", - deya Inouening so'zlarini keltiradi FightsATW.
Eslatib o'tamiz, 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida o'tkaziladigan prof boks oqshomining asosiy jangida ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg gacha) toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (30-0, 27 KO) WBA yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar Murodjon Ahmadaliev (14-1, 11 KO)dan chempionlik kamaroarini himoya qiladi.
Bu Inoue uchun WBC va WBO kamarlari bo'yicha oltinchi, WBA, IBF va The Ring kamarlari bo'yicha beshinchi himoya bo'ladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar