11 sen 09:17
Yangiliklar

Taniqli rus bokschisi: "Ahmadaliev Inouening kamchiliklaridan foydalanib ketishi mumkin"
"Garchi menga Inoue yoqsa ham, yaqinda Ahmadalievda katta imkoniyat borligini aytgandim. Inoue vaqti-vaqti bilan nokdaun holatiga tushib turadi. Ahmadaliev juda yaxshi tayyorgarlikka ega va yaxshi zarba bera oladi. Men Murodjonning nokaut orqali g'alabasini istisno qilmayman. Inoueda kamchiliklar etarli, u biz o'ylagandek, mukammal emas. Ahmadaliev bundan juda yaxshi foydalana olishi mumkin. Inouening jamoasiga Axmadaliev bilan jangni tanlagani uchun katta hurmat bildirishim mumkin. Menimcha, uydagi devorlar unchalik ham yordam bermaydi. Vazniga qaramay, Inoue dahshatli nokautchi. Agar u yaxshi formada bo'lsa, jangdan hech narsa chalg'itmasa, Ahmadalievga ham qiyin bo'ladi", dedi Kudryashov.
Uzoq kutilgan jang 14 sentyabr kuni Nagoya shahri (Yaponiya)da o'tkaziladi.
Fikrlar