20 avg 17:11
Yangiliklar

Toshkentda gandbol bo'yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda
Unda qitamizning eng kuchli 8 jamoasi g'oliblik uchun bahs olib boradi. Turnirda O'zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taypeyi, Gonkong va Hindiston jamoalari bilan bellashadi.
Hamyurtlarimiz birinchi turni bugun Hindistonga qarshi o'tkazishi ko'zda tutilgan. O'yin soat 18:30 da musobaqaga mezbonlik qiladigan “Alpomish” muz saroyida boshlanadi.
Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi bilan tanishing:
1-tur: O'zbekiston – Hindiston (20 avgust, soat 18:30)
2-tur: O'zbekiston – Gonkong (21 avgust, 18:00)
3-tur: O'zbekiston – Xitoy Taypeyi (24 avgust, 18:00)
4-tur: O'zbekiston – Xitoy (25 avgust, 18:00)
Malumot uchun, ushbu qita birinchiligi kelasi yil U20 yosh toifasida o'tadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi. Musobaqada yarim finalga etib borgan jamoalarga jahon chempionati yo'llanmasi nasib etadi.
Fikrlar