26 iyu 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Turman va Porter qancha gonorar ishlab olishdi?
Xabar berganimizdek, AQSHning Bruklin shahridagi Barclays Center arenasida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasi WBA (Regular) yo'nalishi chempioni Kit Turman hamyurti SHon Porterni mag'lubiyatga uchratib, kamarini munosib tarzda himoya qildi.
Jang tashkilotchilari bokschilarga vada qilingan gonorar summasini elon qilishdi. Unga ko'ra, amerikalik 27 yoshli chempion 1,4 mln, 28 yoshli sobiq jahon chempioni SHon Porter esa roppa-rosa 1 mln. dollar gonorarga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, teng kurashlar ostida kechgan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. O'n ikki raund yakunlari bo'yicha uchchala hakam ham bir xil 115-113 hisobida g'alabani amaldagi chempionga tortiq etishdi.
Havola :
Fikrlar