So’nggi yangiliklar

20:09Рио-де-Жанейродаги UFC турнирининг асосий жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:55Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди 0 17:34Царукян: "Топурия менга ютқазишини сезмоқда, камарни топшириб қўйгани яхшироқ" 0 17:13Разамбек Жамалов Баҳодир Жалолов билан ҳордиқ чиқармоқда (ВИДЕО) 0 16:52Антидопинг агентлиги Лазизбек Мулложоновнинг вазияти бўйича маълумот берди 0 16:31Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти 0 16:11Дю Плесси: "Чимаев зўр курашчи, лекин бу ММА" 0 15:50Терма жамоамиз дзюдочилари машғулотларда кучга ишлашяпти (ФОТО) 0 15:29Имавов нима учун дю Плесси — Чимаев жанги учун захира жангчи бўлишдан бош тортганини айтди 0 15:08"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида 0 14:47"Ислам Махачев жуда қийин вазиятда" - Соннен 0 14:26Милан ва Кортина д'Ампеццо-2026 қишки Олимпия ўйинлари бошланишига 6 ойдан камроқ вақт қолди 0 14:05Жалоловнинг Усик билан жанги қачон бўлиши мумкинлиги айтилди 1 13:44U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди 0 13:23Хотамбек Бойназаров: "Хамзатнинг ўзи сени UFC'га ўтказаман, деди" 0

03 apr 18:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik: "Joshua menga qarshi nima qilishi haqida umuman o'ylamayman"

Aleksandr Usik Entoni Joshuani mag'lub etganidan so'ng qilingan ishlar haqida gapirdi.

Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik Entoni Joshua ustidan qozonilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ukrainalik bokschining so'zlariga ko'ra, u jamoasi bilan birga jangni tahlil qilish uchun ko'p mehnat qilgan.

"Bu jangni 8 yoki 9 bor qayta ko'rib chiqqanman. Har ko'rganimda men ko'p yillik kundaligimga xatolarimni yozib qo'yardim. To'g'ri qilgan ishlarimni yozmaganman. Hozir bu ancha zo'r, qiyin jang bo'lganini eslayman. Xudoga shukur, men g'alaba qozonganman".

Aleksandr nima sababdan yaxshi vaziyatlaridan ko'ra xatolariga ko'proq etibor berganini tushuntirdi.

"Jangni murabbiy alohida, men alohida kuzatdik. Keyin esa birga kuzatdik va xatolarimizni muhokama qildik. Ijobiy taraflarni qoldirib, xatolarimizni xotiradan o'chirishimiz kerak. Murabbiy va jamoam bilan birga jangni, nimalarga erishganimizni tahlil qildik, lekin ko'proq nimalarga erisha olmaganimizni muhokama qildik".

Usik Joshua bilan revansh jangidan nimalar kutayotganini aytdi.

"Revansh jangida biz yangi ishlar qilamiz, lekin yaxshi ishlarni ham takrorlaymiz. Joshua nima qilishini bilmayman. Raqibim menga qarshi nima qilishi haqida umuman o'ylamayman.

Maqsadim — zaldagi mashg'ulotimni o'z jamoam bilan bajarish. Buni jangda ko'rsatish kerak. Raqib ringda men ruxsat berganimnigina qiladi. Bu nafaqat men, balki har bir raqib o'ziga ruxsat berilgan ishni qiladi", - dedi Usik Tipsportga bergan intervyusida.

Bokschilar o'rtasidagi revansh jangi shu yil yoz faslida bo'lib o'tishi mumkin. Avvalroq, Usikning menejeri jangning ehtimoliy manzilini aytgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing