So’nggi yangiliklar

19:15Расман: Саудия Арабистони чемпионати афсонаси "Ал Ҳилол"да ўйнайди 0 18:52Турки аш Шайх Тайсон Фьюри 2026 йилда профессионал рингга қайтишни айтди 0 18:25Диёра Келдиёрова IJF Атлетлар комиссияси аъзолигига сайланди! 0 18:02Арман Царукян Илия Топурияга мурожаат қилди 0 17:39Роналду Диогу Жотанинг фожиали вафотига муносабат билдирди 0 17:17Мавлонбек Миркомиловнинг кейинги рақиби ҳамда жанг санаси эълон қилинди 0 16:55"Осон пуллар". Царукян — Гэтжи ва Пимблетт билан жанглар ҳақида гапирди 0 16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0

22 sen 10:17
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW Byurosi yakunlarida katta o'zgarish kuzatilmadi

Onlayn-rejimda Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) Byurosining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda «Tokyo-202One» reyting turnirlari hamda Byuroning keyingi yig'ilishi qachon o'tkazilishi malum qilindi. SHu ikki yangilikdan tashqari qolgan masalalar bo'yicha qabul qilingan qarorlar o'zgarishsiz, yani o'z kuchida qoldi. Avval elon qilinganidek, yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga dekabr oyida Serbiya poytaxti Belgrad shahri mezbonlik qiladi. Bu ikki nufuzli musobaqa UWW taqvimidan joy olgan. Epidemiologik vaziyat taqozo qilsa, har ikki jahon chempionati dekabr oyida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq shu yil o'tkazilishi rejalashtirilgan barcha qita chempionatlari, shuningdek, U-23 jahon chempionati bekor qilingan edi. Birlashgan Kurash dunyosi Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'lishi 5 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Hafta davomida esa barcha azo associaciya va federaciyalarga jahon chempionatiga taklifnoma jo'natiladi. Taklif javobiga qarab dunyo mamlakatlarining har ikki musobaqaga qiziqishi baholanadi. 

"Nasib qilsa, dekabr oyida barchamiz Belgradda sog'-salomat ko'rishib, yoshlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlarini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazamiz. Albatta, oson bo'lmaydi, lekin biz tashkilotchilar bilan birga restartdagi har ikki musobaqani xavfsiz tarzda o'tkazish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. O'ylaymanki, epidemiologik vaziyat rejalarimizni o'zgartirib yubormaydi", — dedi UWW vice-prezidenti Mixail Mamiashvili.

Bundan tashqari, onlayn tarzda o'tkazilgan yig'ilishda Olimpiada-2021 reyting turnirlari ham tasdiqlandi. Reyting musobaqalari ham xuddi Tokio Olimpiadasi singari bir yilga kechiktirilgan hamda ular taqdim etiladigan reyting ochkolari bilan Olimpiya turniridagi kurashchilarning qura joylashuviga tasir o'tkazadi. 

- 2019 yilgi kattalar o'rtasidagi jahon chempionati

- 2020 yilgi Rim (Italiya) reyting turniri

- 2020 yilgi kattalar o'rtasidagi qita chempionati*

- Bu yil kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmagan Xitoy, KXDR va Turkmaniston uchun 2021 yilgi kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati

- 2021 yilgi kattalar o'rtasidagi Okeaniya chempionati

- 2021 yilning yozida o'tkaziladigan Polshadagi Ciolkovskiy (erkin kurash), Pitlyasinskiy (yunon-rim kurashi) hamda Poland Open (ayollar kurashi) xalqaro turnirlari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing