So’nggi yangiliklar

07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0

19 noy 08:04
Yangiliklar

Tokio-2020

XOQ rahbari Tokiodagi Olimpiada obektlariga tashrif buyurdi

Teglar :  Tokio-2020Tomas Bax
Tokioga tashrif buyurgan XOQ prezidenti Tomas Bax seshanba kuni Yaponiya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan sportchilar bilan birga Olimpiya shaharchasi va asosiy stadionga sayr uyushtirdi.

Prezident Bax Tokioga “Olimpiya o'yinlariga eng yaxshi taraddud ko'rgan shahar”, deya allaqachon tarif berib qo'ygan. Inshootlarga safari oldidan u shu sanalarda Tokioda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison bilan uchrashdi. Xabaringiz bor, Bosh vazir Morrison Avstraliya hukumati 2032 yilgi Olimpiadani o'tkazish uchun Kvinslendning nomzodini to'liq qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan edi.

Uchrashuvdan so'ng XOQ rahbari Tokio-2020 Olimpiadasi uchun 9000 dan ziyod sportchi, jami 17 000 nafar mehmonni qabul qiladigan Olimpiya shaharchasi sari yo'l oldi. Triatlonchi Ueda Ai, paralimpiya badmintoni bo'yicha atlet Satomi Sarina va qilichboz CHida Kenta bilan uchrashuvdan so'ng, birgalikda sportchilar turarjoyini borib ko'rishdi.

Prezident Bax mehmonlar yashaydigan hudud imkoniyatlarini yuqori baholab, sportchilarga shunday dedi: «SHaharcha juda yaxshi manzilda joylashgan, yorug'lik etarli. Yaqin atrofda ko'rinib turgan ramziy Kamalak ko'prigi nihoyatda ajoyib. Hudud eng yaxshi maskan bo'lishi kerak».

So'ngra uchala sportchi XOQ prezidenti bilan birga 5000 kishiga mo'ljallangan ovqatlanish xonasini borib ko'rdi. Muhtasham Olimpiya stadionida ham bo'lgan Tomas Bax «inshootni ilhomlantiruvchi» deb tarifladi.

Stadion loyihasi Kengo Kuma tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu mutaxassis Lozannadagi Olimpiya uyi qurilishida hakamlar hayati tarkibida ham ishlagan.

Prezident Bax kunni Yaponiya Olimpiya muzeyidagi Olimpiya mashalasini ziyorat qilish bilan yakunladi. Unga yaponiyalik bir nechta sportchilar va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan Olimpiada stipendiyalari sohiblari hamrohlik qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing