01 apr 12:01
Yangiliklar

Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Futbolchiga Evropa va Osiyoning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq 35 yoshli futbolchi faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qilgan.
Avvalroq, «Bavariya» moliyaviy holatini yaxshilash uchun Tomas bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Yarim himoyachining ayni vaqtda «Bavariya»dagi maoshi yiliga 17 million evroni tashkil qiladi.
Malumot o'rnida, U «Bavariya« tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Myuller nemis grandining asosiy jamoasida 2009 yildan beri harakat qilib keladi. SHu vaqt ichida yarim himoyachi 741 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 247 ta gol va 273 ta golli uzatma bor. Myuller joriy mavsum barcha musobaqalardagi 34 o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 5 assist muallifi bo'ldi.
Fikrlar