So’nggi yangiliklar

11:33Новак Жокович 20-маротаба "Уимблдон"даги юришини ғалаба бошлади 0 11:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг 0 10:51UFC on ESPN 70 турнирининг карди аниқ бўлди 0 10:30Арман Царукян нима учун Илия Топурияни кучсиз жангчи деб ҳисоблашини айтди 0 10:09Жаҳон кубоги. Иккинчи кунда 2 ғалаба ва 1 мағлубият, қозоқ боксчиси мағлуб этилди 0 09:48Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги 1/4 финалчи аниқланди + ВИДЕО 0 09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0

02 may 11:44
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazmlik kartingchilar viloyat kubogining ilk bosqichida bahs yuritishdi FOTOGALEREYA

Teglar :  KartingXorazm
Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislar bo'yicha tayyorlash markazining o'quv-mashq maydonida cportning karting turi bo'yicha viloyat kubogining 1-bosqichi uyushtirildi.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan uyushtirilgan mazkur musobaqada vohaning 9 ta jamoasidan 25 nafar sportchi dvigatel hajmi 50; 61,5; 125 va 250 santimetr kub bo'lgan karting birinchiliklarida g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, quyidagilar viloyat kubogining dastlabki bosqichida shohsupaga ko'tarilishdi:

Dvigatel sig'imi 50 sm3 bo'lgan karting birinchiligi

1-o'rin. Egamberdi Otajonov (Pitnak O'STK) 

2-o'rin. Doniyorbek Ro'zmetov (Xiva tumani O'STK) 

3-o'rin. Jamolbek Hayitboev (Xonqa tumani O'STK).

Dvigatel sig'imi 61,5 sm3 bo'lgan karting birinchiligi 

1-o'rin. Zafarbek Otajonov (Pitnak O'STK) 

2-o'rin. Akmal Ilhomov (SHovot tumani O'STK) 

3-o'rin. Angel Lucenko (Xorazm VTAST markazi).

Dvigatel sig'imi 125 sm3 bo'lgan karting birinchiligi 

1-o'rin. Abror Erkinov (SHovot tumani O'STK) 

2-o'rin. Azizbek Avezmetov (Yangiariq tumani O'STK) 

3-o'rin. Zafarbek Qadamov (Xiva tumani O'STK).

Dvigatel sig'imi 250 sm3 bo'lgan karting birinchiligi 

1-o'rin. Rasulbek Yarashev (Yangiariq tumani O'STK) 

2-o'rin. Evgeniy Jumaniyazov (Xorazm VTAST markazi) 

3-o'rin. Boboxon Nazarov (Xonqa tumani O'STK).

Umumjamoa hisobida Xorazm VTAST markazi kartingchilari shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarilishdi. Ikkinchi o'rinni Xiva tumani o'quv sport texnika klubi sportchilari qo'lga kiritishdi. Faxrli uchinchi o'rin Xonqa tumani o'quv sport texnika klubi poygachilariga nasib etdi.

Musobaqaning yopilish marosimi tantanali tarzda nishonlandi. Tadbirda qatnashgan O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov hamda Viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi CHaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash markazi boshlig'i, podpolkovnik Rashid Mirbozorov g'olib va sovrindor kartingchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularni tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlashdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing