29 avg 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Yan Blaxovich UFC'dagi keyingi jangi uchun shartnoma imzoladi, uning Guskov bilan to'qnash kelishi aytilyapti + FOTO
Yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan polshalik aralash yakkakurash ustasi Yan Blaxovich navbatdagi jangi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda 42 yashar faxriy atletning o'zi malum qildi.
Biroz oldin hamyurtimiz Bogdan Guskovning do'sti va jamoadoshi Valter Uoker Yan Blaxovichning keyingi raqibi aynan Guskov bo'lishini aytgandi.
Malumot o'rnida, Angrenda tug'ilgan Bogdan hozirda UFC reytingida 10-o'rinda bormoqda. U ketma-ket to'rtta jangida muddatidan avval g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar