01 sen 10:59
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich US Open 1/4 finalida
Dunyoning ettinchi raketkasi Novak Jokovich "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik afsona 1/8 finalda ATP reytingida 144-pog'onada borayotgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruffni ortda qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6:3, 6:3, 6:2. Uchrashuv 109 daqiqa davom etgan.
Novak 12, SHtruff 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Jokovich qo'shxatoga yo'l qo'ymadi va 5 ta breykdan foydalandi. Endi u 1/4 finalda dunyoning to'rtinchi raketkasi, amerikalik Teylor Fricga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar