So’nggi yangiliklar

19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0 13:54Ислам Махачев кейинги жангини қаерда ва қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

21 jan 16:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Yangi rais, murabbiylar bilan uchrashuv va Alisher Avezbaev. O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatining Qoraqalpog'istonga safari yakunlandi

Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasiga bordi.

Ushbu safardan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston boks federaciyasining Qoraqalpog'iston bo'linmasiga yangi rais tayinlashdan iborat edi. Bo'linmaga Baxtiyor Panaev rais etib tayinlangani haqida O'zbekiston boks federaciyasining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdik.  

Qoraqalpoq zaminiga tashrif davomida Saken Polatov Nokis Olimpiya rezervlari kollejiga ham borib, u erdagi murabbiy va yosh sportchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Respublika boksi rivojiga to'siq bo'layotgan muammolar o'rtaga tashlandi, murabbiylar oldidan yuzaga kelgan muammolar haqida gapirib berishdi. 



Rahbariyat bunday muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilishini, reja asosida Respublikada faoliyat olib borayotgan shifokorlar, hakamlar, murabbiylar malakasini oshirish uchun turli seminarlar tashkil etilishi haqida so'z bordi. 

SHundan so'ng mutasaddilar Qoraqalpog'iston boks markazi barpo etiladigan joyga borib, tashkiliy masalalarni muhokama qilishdi.


Nukus shahridagi 2-bolalar va o'smirlar sport maktabining mashg'ulotlar zali ham mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Darvoqe, mazkur safar davomida Osiyo o'yinlarida chempion bo'lgan qoraqalpog'istonlik bokschi Alisher Avezbaev ham ishchi guruh vakillariga hamrohlik qildi. O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati Qoraqalpoq boksining yaqin o'tmishdagi yulduzi, sobiq bokschimiz bilan intervyu tashkil etdi. Yaqin kunlarda ushbu intervyuni o'qishingiz mumkin bo'ladi.

SHu tariqa, O'zbekiston boks federaciyasi vakillarining Qoraqalpog'iston Respublikasiga qilgan safari nihoyasiga etdi. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing