So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

10 sen 12:18
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

YIL SHARMANDALIGI! Xamzat CHimaevning ertagi yakunlandimi?

Teglar :  Xamzat CHimaev
Qizig'i, “Borz” barchaning oldida kulgisini yashira olmayapti.

U tashkilotdan haydaladimi?

Dana Uaytning hayoliga kelmagan ishlar bo'lib ketdi. UFC'ning eng katta yulduzlaridan biri bir kun ichida ikki marta Dana Uaytni noqulay vaziyatga solib qo'ydi. U dastlab matbuot anjumanida ommaviy mushtlashuvni sodiq qildi, keyin esa kerakli vazni qila olmadi. Agar Xamzatga ozgina vazn ortiqchaligi bo'lganida hech kim hech nima demagan bo'lardi. Biroq 3,5 kg ortiqcha vazn bu juda ko'p. Qanday qilib, chechen bunday qildi.

Bunday holatda, odatda jangchilarning gonorarlaridan 20-30 foiz ushlab qolinadi. Biroq Xamzat jang uchun umuman pul olmasligi ham mumkin. CHunki u bir kun avval ommaviy janjal uchun ham jarima to'lashi lozim bo'ladi.

Bu orada Xamzatning raqibi Neyt Diaz unga qarshi jang qilmasligi malum qildi. AQSH vakilining fikricha: Xamzat vazn tashlash uchun harakat ham qilib ko'rmagan.

Dana Uayt esa yoqimtoyi sababli katta bosh og'riqlarga uchradi. U bir kecha ichida deyarli butun boshli UFC 279 kechasining asosiy kardini o'zgartirishga to'g'ri keldi. Endi Neyt Fergyusonga qarshi markaziy jangda oktagonga ko'tariladi. Xamzat esa Xollanga qarshi bahs olib boradi. Bunday ishlarni qilish Danaga ancha qimmatga tushgani aniq, chunki u boshqa jangchilarni ko'ndirishi uchun yaxshigina gonorar to'laydi.

Xamzat esa o'ziga o'zi olib keldi desak ham bo'ladi. CHunki u Neytni mag'lub etgan holda UFC kamariga rasmiy davogarga aylanishi mumkin edi. Endichi? Agar barchasi yaxshilik bilan yakunlansa, Xamzat jarima bilan qutulib qoladi. Yomon tomoni esa uni tashkilotdan haydab yuborishlari mumkin. Agar shunday bo'lsa, barchasiga Xamzatning o'zi aybdor bo'ladi. O'tgan yilning eng shov-shuvli jangchisi endilikda tashkilotdan haydalishi mumkin. U Danani sharmanda qildi. Bu esa juda sharmandali holat!

Reyting:    

Fikrlar

   
10 sen 13:37:35
CHELSEA2211
Battar boʻlsin...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing