So’nggi yangiliklar

21:53Эркин курашчимиз Шерзод Поёнов жаҳон чемпиони! 0 19:36Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади 0 18:56Америкага борган Разамбек Жамалов чемпион Хамзат Чимаевни табриклади + ФОТО 0 18:35Энг кўпи собиқ чемпионда: UFC 319 турнири жангчилари қанча гонорар ишлаб олишгани маълум 0 18:14Хабиб Умар Нурмагомедовнинг навбатдаги жанги ҳақида хабар берди 0 17:53Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди 0 17:32Енгилмас Итаума Усикка "вызов" ташлади 0 17:11Академик эшкак эшувчиларимиз Литвадаги мусобақада шоҳсупага кўтарилишди + ФОТО 0 16:50Хоккей терма жамоаларимиз Татаристонда йиғин ўтказяпти, ўртоқлик ўйинларининг бирида 1:20 ҳисоби қайд этилди 0 16:29Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин 0 16:08Ўзбекистонлик жаҳон чемпионати совриндори Ливерпулдаги ЖЧда Озарбайжон шарафини ҳимоя қилади 0 15:47Танзила Нарбаева Қозоғистон Президенти томонидан мукофотланди 0 15:26Чимаев Абу-Дабидаги UFC 321 турнирида жанг қилиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 15:05Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум 0 14:44Жанг UFC 321 турнирига қайтарилди. Ташкилот хатосини тўғрилади 0

18 noy 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA

100 million dollarlik chekni olgandan so'ng nimalar qilish mumkin? (Konor MakGregor haqida)

UFC chempioni Konor MakGregor va afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerlar o'rtasidagi jang boks tarixidagi eng kassabop jang bo'ldi.

To'qnashuv 600 million AQSH dollaridan ortiq pul to'pladi.

Irlandiyalik sportchi ushbu jangdan 100 million dollardan ortiq pul ishlab oldi. Xo'sh, Konor ushbu yil jangidan so'ng nimalar qilyapti?

Albatta pullarni sovuryapti

Sport tarixidagi eng katta cheklarni qo'lga kiritgandan so'ng siz nima qilardingiz? Qahramonimiz shuncha pul ishlab olganidan so'ng ularni maishatga ishlatishni boshlab yubordi. U Ibicaga borib, do'stining to'yida ishtirok etdi, turli oqshomlarga qimmatbaxo sigaretlarni chakib turganini ko'rish mumkin edi, undan tashqari O'rtaer dengizidagi yaxtada dam oldi.



Hordiq chiqarish chog'ida rossiyalik milliarder Andrey Melnichenkoning 143 metrli yaxtasi uning etiborini tortdi. Ushbu "toychoq"ning narxi 360 million dollar turadi.

"Dunyodagi eng qimmat yaxta. Unga rossiyalik milliarder egalik qiladi. Aql bovar qilmaydi. Bu narsa mening ko'zlarimni ochdi. Men haliyam boy emasman deb o'ylab qoldim. Bu narsa menga motivaciya bag'ishlayapti", - deya o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Konor.



O'tgan yili MakGregor dunyoning eng ko'p pul topuvchi sportchilari ro'yxatida Krishtianu Ronalduni ortda qoldirishga vada bergandi. U o'z vadasini bajara oldi. Konorning navbatdagi maqsadi ushbu ro'yxatda birinchi o'ringa chiqib olish. Kostyumlar ishlab chiqarish, McGregor Entertainment nomli viski, shuningdek PPV lardan tushadigan daromad va homiylar bu narsaning haqiqatga yaqin ekanligidan darak bermoqda.


O'g'lini qasrda cho'qintirdi

Konor yarim yosh o'g'li Jekning cho'qintirish marosimiga Dublindagi o'rta asrda qurilgan Luttrellstoun qasrini ijaraga oldi. Saroyning atrofida attrakcionlar parki va hayvonot bog'i bor. Marosimga MakGregorlar oilasining yuzga yaqin qarindoshi va yaqin do'stlari tashrif buyurdi.




O'zi haqidagi film premerasi

Yozda Gollivuddagi yirik kinostudiyalardan biri Universal Pictures MakGregorga atalgan hujjatli film  tizerini taqdim etdi. U erda jangchining sportga kirib kelishidan tortib, Meyvezerga qarshi janggacha bo'lgan voqealar ko'rsatiladi. Suratga olish ishlarida Di Devlin, UFC Prezidenti Dana Uayt, Arnold SHvarcnegger va Joze Aldo kabi insonlar qatnashgan. Noyabr oyida esa film premerasi bo'lib o'tdi.



Referi bilan janjallashdi

Artyom Lobov - MakGregorning do'sti va sparring hamkori. Konor rossiyalik sportchining UFCga kirishi uchun ko'p ish qilgan. Lobovning AQSH vaikli Andre Filiga qarshi jangida u muxlislar uchun mo'ljallangan joyidan turib, muntazam ravishda Artyomga ko'rsatmalar berishga harakat qiladi. Jang referisi Mark Goddard esa unga jang qoidalarini buzayotganligi haqida ogohlantirish berish uchun, to'qnashuvni to'xtatadi.

"Men Lobov burchakdan ko'rsatmalar olayotgani uchun jangga aralashdim. Bu taqiqlanadi. Agar Konor unga jangni muddatidan oldin yakunlashga olib keluvchi qandaydir ko'rsatma berganidachi? Undan tashqari u jang vaqtida oktagon atrofida bemalol yurdi. Bu adolatdan emas va taqiqlanadi", - degandi Goddard.



MakGregor va Goddard o'rtasidagi janjal oradan uch hafta o'tib "Bellator 187" turnirida takrorlandi. Bu safar MakGregor do'sti CHarli Uordning g'alabasidan so'ng ringga yugurib chiqdi va do'stini g'alaba bilan tabriklay boshladi. Bu esa "jang yakunlanganini elon qilmagan va shunchaki sportchi jangni davom ettira olish-olmasligini tekshirgan" referi Goddardga yoqmadi.



Bu esa MakGregorga yoqmadi va hakamni turtib yubordi. Markning feysbukda yozishicha Konor uni Birmingemdan topishga vada bergan.


Navbatdagi raqibini kutyapti/tanlayapti

Bir necha yil oldin MakGregor UFCda ulushga ega bo'lish istagini bildirganida bu narsa g'alati ko'rinishi mumkin edi. Lekin, bugungi kunda Konor tashkilotda qanday obro'ga ega ekanligini promoushen predidenti Dana Uayt ham tan oladi.

Meyvezerga qarshi jangdan keyin OAVda uning navbatdagi jangi kimga qarshi bo'lishi haqida ko'p xabarlar chiqdi. Ular orasida quyidagi variantlarni ko'rish mumkin edi: Toni Fergyusonga qarshi himoya jangi, rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi to'qnashuv, Pol Malinyajiga qarshi boks jangi, MMA qoidalari bo'yicha Floyd Meyvezerga qarshi jang. U o'z intervyularidan birida aralash qoidalar janglaridagi faoliyatini davom ettirish yoki ettirmaslik haqida o'ylayotgani haqida gapirdi.

Unga jang o'tkazishni taklif qilib chiqqanlar ichida kutilmagan insonlar ham bo'ldi. Masalan, suzish bo'yicha Olimpiada chempioni Maykl Felps unga 50 metrlik "fora" bilan suzishishni taklif qildi. 44 yoshli sobiq chempioni Oskar de la Xoyya esa faoliyatini qayta tiklab, Konorni ikki raund ichida nokaut qilmoqchi ekanligini aytdi.

Voqealar rivoji shuni ko'rsatmoqdiki, u MMAga qaytadi. Biroq, uning qachon jang o'tkazishi hozircha nomalum.


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: -2   

Fikrlar

   
18 noy 21:21:54
Adilbek
show man...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing