28 jan 12:53
Yangiliklar
Futbol
30 yanvar - O'FA kongressi va taqdirlash marosimi
2026 yilning 30 yanvar kuni O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdagi hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tadi.
Kun tartibidan nimalar o'rin olgan?
Kongress davomida bir qator muhim masalalar ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan:
Hisobot: O'FAning 2025 yilgi faoliyati va amalga oshirilgan ishlari sarhisob qilinadi.
Moliya: Tashkilotning o'tgan yilgi moliyaviy hisoboti taqdim etiladi.
Rejalar: Kelgusi yil uchun mo'ljallangan ustuvor vazifalar va rejalar belgilab olinadi.
Yilning eng yaxshilari aniqlanadi
SHuningdek, Kongress doirasida ko'pchilik intizorlik bilan kutadigan “Yilning eng yaxshilarini taqdirlash” marosimi ham o'tkaziladi. Unda yakuniga etgan mavsumning eng sara futbolchilari, murabbiylari va boshqa nominaciya g'oliblari taqdirlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar