26 iyu 07:19
Yangiliklar

42 yoshli Verdum UFCdagi so'nggi jangida Gustafssonni 150 soniyada mag'lub etdi + FOTO
Asosiy kardning yana bir qiziqarli jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq UFC chempioni Fabrisio Verdum shveciyalik Aleksandr Gustafssonga qarshi oktagonga ko'tarildi. Bu 42 yoshli Verdumning UFC bilan shartnomadagi so'nggi jangi edi. U bundan avvalgi ikkita jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Jang biroz kutilmaganda muddatidan ancha avval yakunlandi. Aleksandrni teykdaun holatiga tushira olgan braziliyalik faxriy jangchi og'ritish usuli evaziga g'alaba qozondi. CHap qo'lini Fabrisioga berib qo'ygan Gustafsson taslim bo'lishdan o'zga chora topa olmadi. Jang boshlanganidan roppa-rosa ikki yarim daqiqa o'tib to'xtatildi.
Taqqoslash uchun, jangga qadar Gustafsson UFC reytingida 7-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Verdum 14-pog'onadan joy olgan edi.
Fikrlar