07 apr 09:29
Yangiliklar

48 yoshli janjalkash Briggs qo'lqopsiz janglarda ishtirok etadi
Xabaringiz bor, Bare Knuckle FC promousheni qo'lqopsiz boks janglarini tashkil etib keladi. Liganing Tvitter sahifasida 48 yoshli Briggsning tashkilot bilan shartnoma imzolagani haqidagi xabar chop etildi. Hozircha janjalkashligi bilan tanilgan SHennonning yangi promoushendagi debyut jangi sanasi va raqibi malum emas.
Malumot uchun, SHennon Briggs professional boksdagi faoliyatini 1992 yilda boshlagan. Ilk shon-sharafga 1997 yilda erishgan. O'shanda u afsonaviy Jorj Formanni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan edi. Aynan o'sha mag'lubiyatdan so'ng Forman faoliyatini yakunlagan. Briggs 2006 yilda Sergey Lyaxovichni mag'lubiyatga uchratib, WBO chempioni bo'lgandi. Faoliyati davomida u Lennoks Lyuis, Vitaliy Klichko kabi afsonalarga qarshi ringga chiqqan. 2016 yilda esa qo'lqoplarini mixga ilgan.
Fikrlar