21 dek 18:25
Yangiliklar
Futbol
71 yoshli Raneri "Kalyari"ni boshqarishi mumkin
B Seriya klubi Liveranini istefoga chiqardi.
Klaudio Raneri "Kalyari" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 71 yoshli italiyalik sardiniyaliklar bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Ranerining so'nggi ish joyi "Uotford" bo'lib, u mazkur jamoani 2022 yilning yanvarida tark etgan.
"Kalyari" kuni kecha Fabio Liveranini bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatdi.
Jamoa 18-turdan so'ng B Seriya turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar