05 jan 08:04
Yangiliklar
Futbol
A Seriya. "Inter" o'z maydonida "Bolonya"ni mag'lub etdi
Italiya A Seriyasining 18-turi doirasidagi "Inter" - "Bolonya" o'yini bo'lib o'tdi.
Milanliklar ushbu o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mezbonlar safida gollarga Pyotr Zelinski, Lautaro Martines va Markus Tyuram mualliflik qildi. Santyago Kastro mehmonlarning yagona golini raqib darvozasiga urdi.
Kechagi g'alabasidan keyin "Inter" A Seriya turnir jadvalida 17 o'yindan so'ng 39 ochko jamg'argan holda etakchilik qilmoqda. "Bolonya" esa 26 ochko bilan 7-o'rinni band etgan.

Havola :
Fikrlar