21 iyu 16:52
Yangiliklar
Futbol

Abbos Fayzullaev faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
CSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev "Istanbul Bashakshehir" sharafini himoya qiladi.
Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
Abbos yangi jamoasida 11-raqam ostida harakat qiladi.
"Istanbul Bashakshehir" transfer uchun CSKAga 7,5 million evro to'lab beradi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi o'tgan mavsum CSKA tarkibida 39 o'yin o'tkazib, "3+8" natija qayd etgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov ham "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi sanaladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar