10 okt 15:14
Yangiliklar
Futbol

Abbosbek Fayzullaev Urugvayga qarshi o'ynamaydi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullaev Kuvaytga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
CHuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, Fayzullaev Urugvayga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Urugvay uchrashuv 13 oktyabr kuni Malayziyaning Malakka shahrida o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar