07 avg 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdel-Aziz: "Nurmagomedov Topuriyani taslim bo'lishga majbur qiladi"
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan PFL chempioni Usman Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz mijozi UFC`dagi ilk jangini aynan sobiq chempion Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazishi kerakligiga ishonch bildirdi.
"Agar Usman UFC`ga o'tsa, uning birinchi raqibi aynan Iliya Topuriya bo'lishini istardim. Ular o'rtasida allaqachon nizo bor. Buni Iliyaning o'zi boshlagan. Sizga ochiq aytaman — Usman Iliyani taslim bo'lishga majbur qiladi. U uni tor-mor etadi va nokautga uchratadi", — deya Abdel-Azizning so'zlarini keltiradi MMA Pros Pick`ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar