17 iyu 07:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Abduqahhorov - Lipinec jangi qachon va qaerda bo'lishi malum
IBF kamariga rasmiy davogar hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov va sobiq jahon chempioni Sergey Lipinec o'rtasidagi jang qachon va qaerda bo'lishi malum qilindi.
Jang 26 sentyabr kuni AQSHning Konnektikut shtatida bo'lib o'tadi. Bahs kechaning markaziy jangi maqomiga ega bo'ladi. To'qnashuv g'olibi IBFning Interim (vaqtinchalik chempion) kamariga ega chiqadi.
Malumot uchun, Qudratillo shu kungacha prof boksda 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). Lipinecning janglari soni ham 17 tani tashkil etadi. Faqat u 16 ta jangda g'olib bo'lgan (12 ta nokaut). 1 ta jangda esa yutqazib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar