"Manchester Siti" o'z uyida "Nyukasl Yunayted"ni qabul qilib, ishonchli g'alabaga erishdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
"Etixad"dagi gollar shousi:
O'yinni shiddatli boshlagan "shaharliklar" 7-daqiqadayoq Omar Marmushning goli evaziga oldinga chiqib olishdi. 29-daqiqada Marmush dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay, 33-daqiqada Teyani Reynders hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
Mehmonlar safida Entoni Elanga 62-daqiqada bitta javob to'pini kiritdi — 3:1. Ikki o'yin natijasiga ko'ra (birinchi bahs 2:0), Gvardiola shogirdlari 5:1 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l olishdi.
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi va unda to'liq ishtirok etdi.
Oldinda bizni London-Manchester derbisi kutmoqda! Endi finalda "Manchester Siti"ga Londonning "Arsenal" jamoasi raqiblik qiladi. "To'pchilar" yarim finalda "CHelsi" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tishgan edi (umumiy hisob — 4:2).
"Manchester Siti" — "Nyukasl" (Birinchi o'yin — 2:0)
"Manchester Siti": 1. Trafford (D), 21. Rayan Ait-Nuri, 6. Natan Ake (S), 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Reyli, 4. Tijani Reynders, 27. Mateus Nunes, 47. Fil Foden, 14. Niko, 42. Antuan Semeno, 7. Omar Marmush.
"Nyukasl": 32. Aaron Ramsdeyl (D), 2. Kiran Tripper (S), 12. Malik Tiav, 4. Sven Botman, 33. Den Bern, 3. Lyuis Xoll, 8. Sandro Tonali, 28. Jo Uillok, 41. Jeykob Remzi, 10. Entoni Gordon, 27. Nik Voltemade.

Fikrlar