03 noy 16:28
Yangiliklar
Abduraimova Paula bilan birga birinchi raqamli juftlikni taslim etdi
Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalik bahslarining 1/16 finalida reytingda o'zidan yuqorida borayotgan yaponiyalik tajribali tennischi Misaki Doiga alamli tarzda yutqazib qo'ygandi.
Endi Nigina bor etiborini juftliklar musobaqasiga qaratmoqda. Vakilamiz polshalik Paula Kaniya-CHodun bilan hamkorlikda ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi, ruminiyaliklar Monika Nikulesku va Elena Gabriela Rusega qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 27 daqiqa davom etgan uchrashuvda Abduraimova/CHodun hamkorligi 5/7, 6/1, tay-brekda 10:8 hisobida g'alaba qozondi. Endi ular 1/4 finalda britaniyalik tennischilar Jon-Baptiste Laurin va Eliz Maloni juftligiga qarshi kortga chiqishadi. Ushbu bahs bugun bizning vaqt bilan soat 23:30dan keyin boshlanadi.
Fikrlar